Tanish holatmi? Tillarni òqitish maktabini ochib unda ish yuritar ekanman, meni doim bir savol qiynar edi:
«Nega òquvchi boshlagan ishini tugatmay, òqishni yarim yòlda tashlab ketadi?»
Oz bòlsada òquvchilarim orasida sòrovnoma qilib, izlanishlar olib bordim.
Natijasi hayratlanarli emas edi. Va men tagiga yetgan sabablar nafaqat til òrganishda, balki hayotimizning barcha jabhalarida uchrar ekan. Kitob òqishni boshlab uni tugatmaslik, kursga yozilib uni qoldirib ketish, sport bilan shuĝullanishni boshlab 3-kundayoq taslim bòlish va hokazolar
Va bu sabablar bilan hozir tanishib chiqamiz
1. Maqsad noaniqligi. Òquvchiga «Til òrganishdan maqsading nima?» degan savolni bersam, anchagina òylanib javob beradi, yoki bòlmasa, javobi «BILMASAM» deya yangraydi
Bu juda ham kòp uchraydigan hol. Bir xil hollarda òquvchini til òrganishga ota-onasi majburlaydi va bu, shubhasiz aytamanki, juda ham katta xato. Agarda bolani nimadir qilishga òz hohishiga qarshi majburlasangiz u bu narsani yomon kòrib qoladi va hattoki nafratlanadi ham. Odam òz nafratlangan sohasida qandaydir natijaga erisha oladimi? Òzingiz òylab kòring.
2. Birinchi maĝlubiyatdanoq taslim bòlish. » 1 oydan beri tilni òrganaman, lekin hali ham bemalol sòzlasha olmayabman»,- bu kabi sabablarni faqatgina omadsiz insonlar keltiradilar. Agarda birinchi uchragan qiyinchilikdanoq boshlagan ishingizni tashlab ketsangiz, bilingki, muvafaqqiyatli insonlar ròyhatidan joy ololmaysiz.
3. Tez natijani kutish.
Shu joyda men sevadigan bir maqolni aytib òtaman:
«Rim bir kunda qurilmagan».
Òqishga kelgan 80% òquvchilarning, yoshidan qatiy nazar, birinchi darsdanoq beradigan savoli bu «Necha oyda natijaga erishaman?». Qadrdonlar, shu joyda bir narsani inobatga olishingizni istayman, òqituvchi sehrgar emas, òqituvchining vazifasi sizga bilimni berish, olish olmaslik esa òz qòlingizda. Aniqroq qilib aytsam, natijaga erishish uchun muallim berayotgan 50% bilimga òz 50% harakatingizni qòshsangizgina natijaga erishasiz. Bu qoida nafaqat til òrganishda, balki umuman hayotimiznig barcha jabhalarida ishlaydi.
Muallif Gulira’no Tòrabekova
Azizlar, agar maqolamiz sizga yoqqan bòlsa va sabablrning davomini o’qishni istasangiz, òz fikrlaringizni qoldirishingizni sòrardim!
Gulira’ no To’ rabekova foydali maqolalar uchun rahmat.