Iroda kuchini sayqallash uchun psixolog maslahati

Psixolog Kelli Makgonigal o’zligni boshqarish yuzasidan ko’plab tadqiqotlar olib brogan va shuni ta’kidlab o’tganki, har kim o’z iroda kuchi ustida ishlay oladi va uni sayqallashga qodir.

U olib brogan ishlarining natijalrini “Iroda kuchi” nomli kitobida jamlaydi. Bu kitob ishni ortga suradiganlar, yomon odaltlari bilan kurashayotganlar va o’zini nimadir qilishga majburlayotganlarga, ya’ni barchamizga bag’ishlagan. Ushbu maqolada iroda kuchi ustida ishlashda qo’l keladigan va, albatta, sinalgan texnikalar bilan tanishib chiqasiz.

 

Diqqatni jamlab chuqur nafas olish texnikasi

Kuchsizlikdan ishchanlikning yuqori nuqtasiga chiqib olishingizda sizga chuqur nafas olish texnikasi yordam beradi! U diqqatni jamlashga yordam beradi va tanadagi bor kuchni bir ishga yo’naltiradi. Aniqroq aytganda, bu texnika iroda kuchi uchun javobgar bo’lgan yurak ritmini rostlaydi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ushbu mashq stress darajasini pasaytiradi va qaror ongli qaror qabul qilishga yordam beradi.

 

Mashqni bajarish texnikasi:

Maksimal darajada nafas olishni sekinlashtiring. Burun orqali iloji boricha chuqur nafas oling va asta-sekinlik bilan og’zingiz orqali havoni chiqarib tashlang. Bir daqiqada ko’pi bilan 4-6 martagacha nafas olishingiz mumkin. Mashqni 2 daqiqa davomida bajaring.

 

10 daqiqa qoidasi

Bu qoidamiz universal bo’lib, nafaqat illatlar bilan kurashishda balki anchadan beri yig’ilib qolgan mushkul vazifalarga bel bog’lashda ham juda samarali. Bu qoida quyidagicha tasnif qilinadi: “10 daqiqa sabr qil va hohlagan yumushingni bajar”. Neyrobiologlar ta’kidlashicha, aynan 10 daqiqa ichida idrokimiz va sodir bo’layotganlarni qabul qilishimiz o’zgaradi.

 

Mashqni bajarish texnikasi:

Agarda taslim bo’lishga tayyorligingizni, yoki kuchingiz qolmayotganini sezsangiz 10 daqiqa kutib turing. Agarda vaqt o’tganidan keyin ham o’zingizni boshqara olmasligingizni his qilsangiz ham hechqisi yo’q! Biroq taslim bo’lishdan oldin nimalarga intilayotganingizni bir eslab o’ting: nahotki bir necha daqiqalik lazzat kelajakdagi orzu va maqsadlaringizdan ustun bo’lsa? Vaqtni ortga surish sizga ongli ravishda qaror qilishga ko’maklashadi va vaqt o’tgan sayin to’g’ri qaror qabul qilish ancha oson kechadi.

 

Mag’lubiyat rejasi

Maqsadingiz aniq, lekin yalqovligingiz va irodasizligimgiz rejalaringiz barbot qilishini sezyapsizmi? Kamiga maqsadingizga eltuvchi yo’ldan bir necha bor qaytganmisiz? Bu holda Kelli Makgonigal bo’lajak muvafaqqiyatsizlikni rejalashtirib tahlil qilib chiqishni tavsiya qiladi.

Shunday qilib har qanday qiyinchilik siz uchun yangilik bo’lmaydi va siz har qanday muammoni yechishga tayyor bo’lasiz. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki muvafaqqiyat bilan birga teskari hollarni ham rejalashtirib qo’yish ish samaradorligini oshiradi.

 

Mashqni bajarish texnikasi:

Ishga kirishishdan oldin bir necha savollarga javob bering. Qay holatda taslim bo’laman? Nimalar meni ishdan chalg’itishi mumkin?

Javoblaringiz tayyor bo’lsa, endi muvafaqqiyatsizlikni kata g’alabaga aylantirish yo’llarini ko’rib chiqing. Ishdan chalg’imaslik uchun nimalar qilsa bo’ladi? Bu mashqni maqsadga erishish rejangizning bir qismiga aylantiring va kafolatlangan g’alabaga erishing!

Qo’shimcha sifatida:

Iroda kuchini shakllantirishdagi asosiy shartlardan biri : xatolar uchun o’zingizni koyimang. Bu bilan maqsadingizga yaqin bo’lib qolmaysiz!

 

 

Agar maqola sizga yoqqan bo’lsa uni do’stlaringizga ulashing

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

 

 

Tarjimon: Gulira’no Mo’minjon qizi

Читайте нас в удобном формате
Telegram | Facebook | Instagram | Tags

1 Comment

Fikr bildirish