Taslim bo’lmoqchimisan? To’xta! Quyidagi 15 eslatma aynan sen uchun!

Ko’pincha biz erishgan yutuqlar va bizning mag’lubiyatlarimiz kayfiyatimiz ko’rsatkichi bo’ladi. Nega biz o’zimizni mag’lub va yengilganday xis qilamiz? Nega biz hayotimizni kata muvaffaqqiyat bilan boshlab, 30, 40, 50 yoshga kirganimizda taslim bo’lishni istab qolamiz?

Nega kimdir qarzga botadi, o’z hayotiga nuqta qo’yadi, boshqasi esa yomon odatlarga bog’lanib qoladi, yana kimdir qo’rquvini bostirish uchun o’zligidan, yoshligi va imkoniyatlaridan kechadi?

Nega bunday hodisalar ro’y beradi?

Nega biz yiqilganimizdan so’ng qayta oyoqqa turish uchun o’zimizda kuch topa olmaymiz? Nima uchun bir narsani yo’qotgach o’rnini boshqasi bilan to’ldirish o’rniga, taslim bo’lishni tanlaymiz? Nima sababdan? Chunki biz juda oson yengilamiz, taqdirga tan beramiz. Ichimizda o’tirgan “negativ” nomli mahluqqa bizni ishonchsizlik jarligiga uloqtirishiga yo’l qo’yamiz

 

 

Agar sen bu gaplarda o’zingni, o’z aksingni ko’rgan bo’lsang, demak bu maslahatlar aynan SEN UCHUN!

  1. Qachonki oilangda, turmushingda, e’tiqodingda qiyinchiliklarga duch kelsang, taslim bo’lishga shoshilma, zero bu sen nimanidir noto’g’ri bajaryabsan degani emas! Hayotning aynan shu lahzalari hammasini to’g’ri bajarayotganingda seni sinashni boshlaydi, unutmaki, bu sinovlar seni sindirish uchun emas balki yanada kuchliroq bo’lishing uchun yuboriladi!
  2. Eng og’ir kunlarda, “bu qiyinchiliklarga boshqa dosh berolmayman” deb o’zingni ishontirayotgan paytlaringda aslo to’xtama. Shu yergacha keldingmi, shu sinov senga berildimi,- demak sen bularni yengib o’tishga qodirsan!
  3. Shuni unutmaki, Koinot sen uchun alohida ssenariy tayyorlab qo’ygan va barchasi o’z vaqtida keladi. Oxir oqibat sen albatta barcha yutuq va mag’lubiyatlaringdan o’zing uchun kerakli darsni olasan. Bilginki, qayta turiw uchun yiqilish kerak, topish uchun esa- yo’qotish!
  4. Og’riqdan qochib qutulmaysan. Qiyinchiliklar doim bo’lgan.
  5. Hayot-bu o’yin. Ushbu o’yinning qoidalari havfsiz emas! Bir joyda qotib turish – bu hayot emas. Hayot- bu o’z qalbiga quloq solib, “men qila olaman” deb yashashda davom etish. Va albatta, hayot – bu harakat.
  6. Faqat olg’a yurishga qaror qabul qilishing kerak. Bu doim ham oson bo’lmaydi. Shunday paytlar keladiki sen “qanchalik qiyin bo’lmasin, men oldinga intilaman” degan so’zni qalbingga joylashing kerak bolladi.
  7. O’tmish o’lik, kelajak- mavhum, sening oldingda faqat bir yo’l bor: HOZIR YASHA! Shuni anglashing kerakki, o’tmish xotiralari seni faqatgina ortga tortadi, kelajak haqidagi o’ylar esa tubsizlikka chorlaydi. Hozir va shu yerda yasha!
  8. Sening izmingda bo’lmagan narsalar haqida o’ylashni to’xtatishing bilanoq, sen uchun chindan muhim bo’lgan narsalar uchun vaqt topasan. Bu ko’p narsani o’zgartiradi!
  9. Xatolik va omadsizliklaringni unut. Qayg’urishing kerak bo’lgan yagona narsa – bu sen boy berayotgan imkoniyatlar!
  10. Xato qildingmmi- xulosa chiqar. Bu degani: xatolar bilan haqiqiy tajriba keladi.
  11. Agar qayta urinib ko’rmasang- natijaga erishmaysan, qayta so’ramasang- javob olmaysan, birinchi qadamni qo’ymasang- kelajakni qura olmaysan!
  12. “taslimman” va “qayta urinib ko’raman”. Bu iboralar ichida hayot mazmuni yashirin. Ushbu mazmunni qaysi tarafdan kashf qiliw faqatgina sening qo’lingda!
  13. Har birimizning hech bo’lmaganda kichik qobiliyatimiz bor. Lekin ushbu yashirin xilqatni yorug’likka olib chiqish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi!
  14. Jasorat doim ham kuchni aks etuvchi qichqiriq emas, ko’pincha bu past ovozda aytilgan “ertaga yana uurinib ko’raman” degan so’zlar
  15. Agar hozir ham hammasi boshqacha bo’lshi mumkin edi degan fikr sen bilan bo’lsa, o’ylab ko’r va chuqur nafas ol. Bu haqiqatga yaqin ham emas va sen buni juda yaxshi bilasan. Fikringni jamlab bugungi rejalaringni amalga oshir.

 

Agar sen hozir ushbu maqolani o’qiyotgan bo’lsang – tabriklaymiz! Demak sen hayotsan va senda barchasini o’zing hohlagandek qilish uchun yana bir imkoniyat bor! Jilmayish uchun ajoyib sabab, to’g’rimi? Izlanishda davom et!

 

Kun kelib barchasi o’z o’rniga tushadi. Hayotingda g’aroyib o’zgarishlar yuz beradi. Bir kun ortga qaraysanda, ajablanib o’zinga savol berasan: “Rostan ham shu yo’lni bosib o’tdimmi? Bu men qurgan hayotmi?” va shirin xotiralar og’ushiga sho’ng’iysan.

 

 

 

Endi sizning navbatingiz! Qaysi maslahat sizga qo’l kelgan? Qanday qilib o’z yo’lingizni topgansiz? Sizning fikringiz biz uchun muhim!

 

 

Tarjimon: GULIRA’NO MO’MINJON QIZI

 

Читайте наши закрытые материалы

Fikr bildirish