Tengsiz 8 maslahat

Den Valshmidt nomli biznesmen o’z joniga qasd qilmoqchi edi. Bu voqea uning muvaffaqiyatga bo’lgan qarashlarni butunlay o’zgartirib yubordi.

 

Omma e’tiborida bo’lishga urunmang

Shunday odamlar bor-ki, ularni televizor orqali ko’rsatishlari uchun har qanday ishga tayyorlar. Ishonch bilan aytamizki, hozirning o’zidayoq o’ntacha ism sanab o’ta olasiz. Biroq oramizda o’z ishi bilan sevib shug’ullanadiganlar ham topiladi, hattoki u ish moddiy manfaat yoki omma e’tiborini keltirmasa ham. Masalan. Vinsent van Gog hayoti davomida faqatgina bitta asarini sotishga muvaffaq bo’ladi. Umumiy olganda uning 800 ga yaqin asarlari bor. Ularning bor yo’g’I 7 tasi 1 mlrd dollarga baholanadi.

 

Muvaffaqiyat bizga vafotimizdan so’nggina yuz tutishi mumkinligini sezib turib ham sevimli ish bilan shug’ullanish- mana nima bizni haqiqatan ham kuchli insonga aylantiradi.

 

Yolg’on tasavvurlardan voz keching

Biz har kuni yaltiroq orzu-havaslar bilan aldanamiz: muvaffaqiyat haqidagi chiroyli voqealar, biznesmenlar biografiyalari, yangicha jurnallar doim qulog’imizga lag’mon ilish bilan bandlar. Bizga doimo yashash qanchalik osonligi haqida ertaklar aytishadi. Yo’q, bunday davom ettira olmaysiz!

 

Haqiqiy hayotda faqatgina harakat natijaga eltadi!

Aslida nimagadir erishish uchun bahonalardan kechib qattiqroq harakat qilish kerak, yana va yana urinib ko’rish kerak, vaqtliroq uyg’onib, boshqalar uxlayotgan paytda ham o’z ustingizda ishlashingiz, kun sayin mukammallashb borishni o’z oldingizga maqsad qilib qo’yishingiz kerak!

Kuchli bo’lish uchun har tong o’zingizni yenga olishingiz kerak, shundagina muvaffaqiyat sizga o’q quchog’ini ochadi!

 

 

Mukammallikni odat qiling

Xalq orasida mashxur bir gap bor: “Doimiylik- mahorat belgisi”. Faqatgina doimiy urinishlar omadga yetaklaydi! Ishlashda, o’qishda davom eting. Har hafta bittadan kitob o’qigan taqdiringizda ham, 22 yil davomida dunyoning eng aqlli odamlaridan 1144 tagacha yangi g’oyalarga ega bo’lasiz. Eng asosiysi- o’zingizni aldamang. Ertaga bo’lmasligi ham mumkin…

 

Eng…

Faqatgina maksimal darajada ish bajaring. Natija doimo eng yaxshi ko’rsatkichni belgilasin. Buni odat qilib oling, shundagi hayotingizni yangi bosqichga olib chiqasiz. Maksimal harakatlar, maksimal farq, ilmga maksimal chanqoq, maksimal intizom, maksimal darajadagi rejalar va maksimal sabr. Bularni bir yerga jamlay olsangiz- o’zingizni yanidan kashf qilasiz, va’da beramiz!

 

Muvozanat haqida unuting!

Muvozanat ekstremallikni chegaralaydi, aynan ekstremal holatlargina kata va kutilmagan natijalarga olib keladi. Tomas Edison 18 oy davomida elektrik lampochka ustida 10000 ta tajriba olib borganda muvozanat nimaligini bilganiga shubhamiz bor… Ushbu harakatlar unga tushiga ham kirmagan muvaffaqiyatni olib keldi. Quyosh bo’lib porlamoqchi bo’lsangiz, quyoshday yondirishni biling.

 

Ishtiyoq va yana ishtiyoq…

Har bir ishga kata ishtiyoq bilan kirishing, ishtiyoq ustida ishlab uni riojlantirishingizga sizga sport yordam beradi. Sport bilan shug’ullanib siz o’zingizni boshqarishni o’rganasiz. Iroda kuchingizni sayqallaysiz, shunda duch kelgan muammolarni sovuqqonlik bilan, o’zingizni yoqotmagan holda hal qilishga erishasiz.

 

O’zgacha bo’ling

To’g’ri, bizga bolaligimizdan boshqalardan ajralib turish yaxshi emasligini o’rgatib kelishgan, biroq tanganing taraflari ko’p…

Kamtar bo’lishimiz kerakligi ham qulog’imizga quyilgan.

Biroq hech kim erishmagan yutuqlarni ko’zlayotgan bo’lsangiz, unutmang-ki, siz hech kim yurmagan yo’llarni bosib o’tishingizga to’g’ri keladi. Chegaralarni olib tashlang. Mutlaq erkin bo’ling. Shuni anglab yeting-ki chegaralar faqat bizning tasavvurimizda mavjud, koinot esa bepoyon. Yangi chegaralarni o’zingiz o’rnating. O’zgarishni o’zingizdan boshlang, shunda dunyo o’zgaradi.

 

Hayotingizni laboratoriyaga aylantiring!

O’zingizga chetdan nazar soling. Yaqinlaringiz fikriga quloq solib ko’ring. O’qimoqchi bo’lgan kitoblaringiz ro’yhatini doimiy to’ldirib boring. Do’stlaringiz bilan birga vaqt o’tkazing, ulardan ko’p narsalarni o’rganishingiz mumkinligiga amin bo’lasiz!

So’z boyligingizni oshirib boring. Doimo izlanishda bo’ling, yangi tanishlar orttiring.

 

O’zingizni aldashdan to’xtang! Kitob mutoala qilisni boshlang. Musiqa sport, san’at bilan shug’ullaning, billimlaringizni kengaytirib boring, intizomli bo’ling.

Imkoniyatlaringiz chegarasi o’z tasavvuringizga bog’liq!

 

 

Tarjimon: Gulira’no Mòminjon qizi

Читайте наши закрытые материалы

Fikr bildirish