Hissiyotlarimizni boshqarishni o’rganamiz

O’zini va hissiyotlarini boshqara oladigan shaxslar doimo bizning e’tiborimizni tortadi, shunday emasmi?

Bunday insonlar mayda muammolarga chalg’imay hamisha o’z maqsadlarini yodda tutishadi, boshqalar o’zini osonlikcha yo’qotib qo’yadigan vaziyatlarda ongli ravishda qaror qabul qila olishadi va eng qiyin vaziyatlarda ham ishga sovuqqonlik bilan kirishishga qodirlar.

 

Nahotki buni iloji bo’lsa? Hech kim bu savolga aniq javob berishga qodir emas! Ushbu maqolada sizga 30 yillik tajribalar natijalariga asoslangan faktlarni keltirib o’tamiz!

Shuni eslatib o’tamizki, bu masalaning 10 foizi bizning fiziologiyamizga bog’liq, chunki hamma tug’ilganidayoq o’ziga hos xususiyatlarga ega bo;ladi, masalan kimdir qiziqqon, kimdir esa qo’rqoq, yana kimlarningdir harakatlari ularning kayfiyatiga bog’liq. Gormonal fon o’zgarishlari esa xarakter o’zgarishiga olib keladi.

Qolgan 90 foiz esa tarbiyaga bog’liq. Hissiyotlarimizni boshqarishda bizga ko’maklashadigan asosiy 3 ta odat bor, ular bilan tanishib o’z holatingizga baxo berishingiz mumkin bo’ladi.

 

Birinchi odat- doimo tetik va hushchaqchaq bo’lish

Bu odat bizga armiyadagi holatni eslatadi: tik qomad, yelka qismi ko’tarilgan, ko’zlar komandirda, buyruqlarni diqqat bilan eshitish deganday…

Harakatlar aniq va energiyaga to’la bo’lishi kerak, burgut qarashlar, qadamlar shahdam. Oylab o’talgan mashqlardan so’ng tana bu holatga ko’nikadi va o’z ho’jayini, ya’ni sizga quloq solishni boshlaydi. O’zlikni boshqarish aynan shunday mashqlardan boshlanadi va asta-sekinlik bilan rivojlanib boradi. Agarda siz jismoniy boshqaruvni o’z qo’lingizga olgan bo’lsangiz, psixologik tomondan ham yaxshi ko’rsatkichlarga erishishingiz tayin. Agarda siz armiya mavzusidan yiroq bo’lsangiz siz uchun maxsus takliflarimiz bor:

Raqs

Sport

Bularning sizga qo’yilgan maqsadga erishishda qo’l kelishi aniq!

 

 

Ikkinchi odat- hissiyotlar bilan emas ongingiz bilan yashang.

Yo’q, yo’q! bu hissiyotlarsiz yashash kerak degani emas! Aslo! Biz bu bilan shunchaki hissiyotlaringiz sizning qurolingiz bo’lishi kerakligini eslatib o’tmoqchimiz. Ya’ni qarorlarni hissiyotlar bosimi ostida emas, balki masalaga chuqur yondashgan holda, ongli ravishda qabul qilishga harakat qiling.

 

Uchinchi odat – har qanday qiyin holatda, taslim bo’lmasdan harakat qilish

 

Hissiyotlarga berilgan odamlar hammasi yaxshi bo’lgan damlarda bekorchilik bilan shug’ullanishadi, biroq kichik muammo chiqishi bilanoq vahimaga tushib qolishadi. Aniqroq qilib aytganda, qancha ko’p bekorchi vaqtingiz bo’lsa, shuncha depressiya holatiga tushishga moyilligingiz ortib boraveradi. Agarda biron bir ish bilan band bo’lsangiz keraksiz hissiyotlar bilan o’zingizni qiynashga vaqt ham topa olmaysiz!

Demak, HECH QACHON TASLIM BO’LMAYMIZ, DOIM ONGLI RAVISHDA QAROR QABUL QILAMIZ- VA SHAHDAM QADAMLAR BILAN OLG’A!

Tanlov o’z qo’lingizda: yoki ushbu 3 odatlarni o’lashtirasiz, yo bo’lmasa umringizni o’z hissiyot va kechinmalaringizni o’rganish bilan o’tkazasiz

 

 

Sizning tanlovingiz?

Muallif: N.I.Kozlov

Tarjimon: Gulira’no Mo’minjon qizi

Читайте нас в удобном формате
Telegram | Facebook | Instagram | Tags

Fikr bildirish